"O`zgidromet" 6 fevral kungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.






