Janubiy Koreyaga tegishli baliqchi kemasi mamlakat janubi-g`arbiy sohillarida ag`darilib ketdi. Natijada to`qqiz kishi bedarak yo`qolgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Ekipajning uch nafar a`zosi yaqin atrofdagi kema tomonidan qutqarilgan.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bedarak yo`qolganlarni qutqarish uchun maksimal kuch sarflashga chaqirdi va qirg`oq qo`riqlash xizmatiga qidiruv hududini kengaytirish bo`yicha ko`rsatma berdi.






