Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” xodimlari tomonidan qadimiy numizmatika namunalarini olib chiqishga bo`lgan urinishga chek qo`yildi. Bu haqida viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati ma`lum qildi, xabar bermoqda UzA.
Unda “Buxoro-Domodedovo” aviareysi orqali harakatlanayotgan fuqaroning kuzatib borilayotgan bagajining rentgen tasvirlari bojxona xodimlarida shubha uyg`otdi.
Mazkur holatda tegishli tartibda bojxona ko`rigi o`tkazilishi natijasida xorijiy yo`nalishda haratlangan fuqaroning, hech qanday tegishli hujjatlarga ega bo`lmagan holda jami 27 dona tarixiy tangalarni olib chiqishga bo`lgan urunishi bartaraf etildi.
Ma`lumot uchun bojxona chegarasidan harakatlanish chog`ida zarb etilganligiga 50 yildan oshgan tangalarni faqatgina O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining tegishli xulosasiga asosan olib chiqib ketishga ruxsat etiladi.






