AsosiyJamiyat

Andijonda 21 yoshli ayolni yuk mashinasi urib ketdi. Ayol shifoxonada vafot etdi

'Andijonda 21 yoshli ayolni yuk mashinasi urib ketdi. Ayol shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Andijon viloyatining Andijon tumani "Qoratut" mahallasida 21 yoshli ayol yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda "Millar" ko`rsatuvida ma`lum qilindi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 2 fevral kuni soat 15:30 da sodir bo`lgan. Unda "Qoratut" mahallasi hududida ayol yo`lning belgilanmagan joyidan o`tayotgan vaqtida uni yuk mashinasi urib ketgan.

"Qayrilayotgan vaqtimda ayol kishining baqirgan ovozini eshitib qoldim. To`xtab qarasam shu holat vujudga kelibdi. Darhol uni tez tibbiy yordamga olib bordim", - deydi yuk mashinasi haydovchisi.

Ayol shoshilinch ravishda chap oyoq boldir qismi va bosh suyagining yopiq sinishi tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko`rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar