AsosiyJamiyat

Sirdaryoda aholiga hujum qilayotgan yovvoyi to`ng`iz otib o`ldirilgani aytildi (video)

'Sirdaryoda aholiga hujum qilayotgan yovvoyi to`ng`iz otib o`ldirilgani aytildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumani "Sholikor" MFYda yovvoyi to`ng`izlar aholiga hujum qilayotgani, natijada odamlar jarohatlanayotgani aytilgan video tarqaldi.

Ushbu videoxabar yuzasidan ma`lumot bergan Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga ko`ra, holat Guliston tumani "Chortoq" SIU hududida sodir etilganligi aniqlangan. 

Fuqaro B.A o`ziga tegishli ov quroli yordamida ov qoidalarini buzgan holda 1 dona yovvoyi cho`chqa ovlaganligi aniqlanib, sodir etilgan holat yuzasidan unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 90-modda 1-qismi bilan ma`muriy jarima jazosi belgilangan

Videotasvirdagi yovvoyi cho`chqani odamlarga tashlanganlik holati videomontaj bo`lib, ushbu jarayonga talluqli emasligi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar