"O`zgidromet" markazi 7-9 fevral kunlari O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo prognozni e`lon qildi.
Unga ko`ra,
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 7 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi, 8 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. 9 fevralda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 fevralda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7-8 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq, 9 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 7 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi, 8-9 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 fevralda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7-8 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 9 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 7 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi, 8-9 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 fevralda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7-8 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, ba`zi joylarda 18° iliqgacha, 9 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 7 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi, 8-9 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 fevralda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7-8 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 13-18° iliq, ba`zi joylarda 20° iliqgacha, 9 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 7-8 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi. 9 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 8 fevralda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 8-9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 fevralda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.






