Juma kuni kechqurun AQShning Ogayo va Pensilvaniya shtatlari chegarasi yaqinida poezd relsdan chiqib ketdi va bu hududda katta yong`inga sabab bo`ldi, deb xabar bermoqda Reuters
Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videolarda bir nechta yonayotgan vagonlarni ko`rish mumkin.
OAV xabarlariga ko`ra, favqulodda yordam brigadalari yong`in yaqinidagi aholini uylaridan evakuasiya qilgan.
100 dan ortiq vagondan 20 tasida atrof-muhit uchun xavf tug`diruvchi zaharli va tez yonuvchi modda bo`lgan vinilxlorid bo`lgan. Hozirda ekspertlar xavfli moddalar bo`lgan vagonlarning qaysi biri shikastlanganini aniqlashga harakat qilmoqda.






