Yaqinda AQSh Mudofaa vazirligi mamlakat hududi uzra josuslik shari uchayotganini rasman tasdiqlagan edi. Amerika rasmiylari havo shari Xitoyga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilishadi. Lekin u tinch aholi hayotiga tahdid solishi mumkinligi uchun uni urib tushirishga jur`at eta olishmagan.
Ma`lum bo`lishicha, 2023 yil 1 fevralda Montana osmonida paydo bo`lgan ayg`oqchi havo shari sharqqa harakat qilishda davom etadi. Kuzatish uchun Nellis aviabazasida joylashgan beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyotlari ishlatilgan.
Kanada va AQSh havo mudofaasini muvofiqlashtiruvchi Shimoliy Amerika Aerokosmik Mudofaa Qo`mondonligi Xitoy shari tinch aholi va harbiylar uchun xavf tug`dirmaganini aytgach, Federal aviasiya boshqarmasi havo hududini yopdi.
4 fevral kuni havo shari Kaliforniya qirg`oqlarida yo`q qilindi. Buning uchun F-22 Raptor qiruvchi samolyoti ishlatilgan.






