Toshkentda bir chelak qaynoq suvga kuyib qolgan erkak, uyida uch kun yolg`iz qolib ketdi.
Ta`kidlanishicha, Toshkent shahrida yashovchi ushbu 50 yoshli erkak uyida yolg`iz yashagan. Ichkilik ta`sirida gaz pechkasi ustida turgan bir paqir qaynoq suvni ustiga to`kib yuborgan. Buning ta`sirida hushini yo`qotadi. Shu holatda uch kun qolib ketadi.
Qo`shnilar uning ko`rinmay qolganidan xavotir olib, uyiga kirishgan va shundan so`ng erkakka yordam ko`rsatilgan.
Shifokorlar hozirda bemorning ahvoli og`ir ekanligini ta`kidlashmoqda.






