"O`zgidromet"bergan ma`lumotga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






