Afg`oniston chegarasini noqonuniy kesib o`tgan o`zbekistonlik qo`lga olingan.
Tolibon hukumatining Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi bergan ma`lumotga ko`ra, mazkur shaxs mamlakat Xavfsizlik kuchlari tomonidan o`tkazilgan maxsus amaliyotda qo`lga olingan.
O`zbekistonlikning chegarani 2 dona «Kalashnikov» avtomati bilan noqonuniy kesib o`tgani va hududda marixuana etishtirib kelgani aytilmoqda.
«Jazoni o`tab bo`lgach, O`zbekistonga qaytarib yuboriladi», – deyiladi xabarda.






