2023 yil 25 yanvar kuni E.T. «102» qisqa raqamga qo`ng`iroq qilib, Kattaqo`rg`on tumani «A.Navoiy» MFY «A.Navoiy» ko`chasida o`rnatilgan bankomat shoxobchasidan noma`lum shaxslar tomonidan bir dona bankomat qurilmasi ichida bo`lgan 720 mln so`m miqdordagi pullari bilan o`g`irlab ketilganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Kattaqo`rg`on tuman «Tavaron» mahallasi hududidagi tashlandiq joydan o`g`irlangan bankomat apparati bo`laklarga bo`lingan holda topilgan.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni qidirib topish bo`yicha olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatni 1995 y.t. B.A., 1998 y.t. O.Z., 1994 y.t. B.N. va 1994 y.t. X.O.lar sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxslar qo`lga olinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






