AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqarosi Qozog`istonda polisiyachining qurolini o`g`irladi

'O`zbekiston fuqarosi Qozog`istonda polisiyachining qurolini o`g`irladi'ning rasmi

Qozog`istonning Ostona shahrida O`zbekiston fuqarosi polisiya bo`limidagi hojatxonada unutib qoldirilgan qurolni o`g`irladi. Voqea 2022 yilning 19 sentyabr kuni sodir bo`lgan

O`zbekiston fuqarosi Qozog`istondan chiqarib yuborilishi bo`yicha suhbatdan o`tish uchun polisiya bo`limiga chaqirtirilgan. Polisiya bo`limiga tashrif buyurgan erkak hojatxonaga kirib, shu erda ishlovchi xodim tomonidan unutib qoldirilgan to`pponcha va uning patronlarini topib olgan. Shundan so`ng o`zbekistonlik erkak qurolni olib, milisiya bo`limini tark etgan.

«Ma`lum bo`lishicha, navbatchi milisiya xodimi qurolni unutib qo`ygan, u hojatxonaga kirib, qurol bilan belbog`ni echib, polga tashlab ketgan», deyiladi xabarda.

Ma`zkur holat yuzasidan Ostona shahri Esilskiy tuman sudi tomonidan O`zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmi o`qilgan. Unga ko`ra, sudning qarori bilan ayblanuvchi Qozog`iston Jinoyat kodeksining 291-moddaning 1-qismi (Qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni o`g`irlash yoki tovlamachilik) va 287-moddaning 3-qismi (Qonunga xilof ravishda qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalarni olish, o`tkazish, sotish, saqlash, tashish yoki olib yurish) bilan aybdor deb topilgan hamda uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

    Boshqa yangiliklar