Bobi ismli it dunyodagi eng keksa it sifatida tan olindi. Bundan tashqari, u itlar orasida maksimal yosh bo`yicha jahon rekordini yangiladi. U hozirda 30 yoshda.
Shu bois u Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
Bobi 1992 yil 11 mayda tug`ilgan. 2023 yil 3 fevralda u 30 yoshu 268 kunlik bo`ldi. U butun umri davomida Kosta oilasi bilan Leyriya shahridagi Konkeyros qishlog`ida yashaydi.
Itning egasi Bobining uzoq umr ko`rishining sabablaridan biri uning shahardan uzoqda – tinch va osoyishta muhitda yashashi bilan bog`liq, deb hisoblaydi. It hech qachon zanjirga bog`lanmaydi va u bilan bog`ichsiz yuradi.
Jonivor uydan uzoqqa bormaydi, asosan Bobi to`rtta mushuk do`sti bilan hovlida vaqt o`tkazadi. Lionel ba`zida uning ko`rish qobiliyati pand berayotganini sezib qoladi. Chunki unda yo`lidagi narsalarni payqamay, ularga turtib o`tib ketish holatlari kuzatilyapti. Yana bir jihati shundaki, u egalari bilan bir xil ovqat iste`mol qiladi.
Rekordchi chorva mollarini qo`riqlashda foydalaniladigan Rafeyru du Alenteju (Portugal qo`riqchisi) zotining sof naslli vakili hisoblanadi. Uning qarindoshlari o`rtacha 12-14 yil yashaydi. Shunga qaramay, Bobining onasi – Gira 18 yilgacha yashadi.
Portugaliyalik it 84 yil avval 29 yoshu 5 oy yashagan avvalgi eng keksa it – Blyui tomonidan o`rnatilgan rekordni yangiladi, deb xabar beradi mir24.tv.






