AsosiyJamiyat

Erlar degradasiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi

'Erlar degradasiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori  bilan Erlar degradasiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

 Nizomga ko`ra, qishlok xo`jaligiga mo`ljallangan erlar, o`rmon va suv fondi erlari hamda tog`-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan erlar – er degradasiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish ob`ekti hisoblanadi.

 Erlar degradasiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma`lumotlar “Er degradasiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.
 Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko`ra er maydonlari degradasiyasi darajasi quyidagicha baholanadi: 

- erning tuzilishi buzilmagan;
- antropogen ta`sirda buzilgan;                       - degradasiyaga uchramagan; 
- kuchsiz degradasiyalangan; 
- o`rta degradasiyalangan; 
- kuchli degradasiyalangan; 
- o`ta kuchli degradasiyalangan.

 Monitoring natijalariga ko`ra o`rganilgan hududda degradasiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.

 Majburiy ko`rsatma 3 ish kunida tegishli mas`ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuborilad.

 

    Boshqa yangiliklar