Qozog`iston Milliy banki dunyoda birinchilardan bo`lib 3D o`ta yuqori relef texnologiyasiga ega tangalarni muomalaga chiqardi. Bu haqda Sputnik Qozog`iston xabar berdi.
Milliy bank “Qozog`iston o`simlik va hayvonot dunyosi” turkumidagi Balqash Alabuǵasy kolleksiya tangalarini muomalaga chiqardi. Dizayn konsepsiyasini ishlab chiqishda bank mutaxassislari tangaga yangi texnologiyalarni qo`llashga qaror qilishdi.
Qozog`iston zarbxonasi 3D o`ta yuqori relef texnologiyasidan foydalangan holda innovasion zarb qilishni sinovdan o`tkazdi. Sinov natijalariga ko`ra, tanga tekisligidan 17 mm baland perch boshi relefiga ega prototip olindi.
Tangalar ikki xilda ishlab chiqariladi:
925/1000 kumush probasidan 3D texnologiyasi va o`ta yuqori relefli, og`irligi 100 gramm, diametri 50 mm, nominal qiymati 1000 tanga, tiraji 500 dona;
kupronikel kumush qotishmasidan tayyorlangan MN 25, og`irligi 15 gramm, diametri 33 mm, “rroof-like” ishlab chiqarilgan, nominal qiymati 200 tanga, tiraji 20 000 dona.
Milliy bank matbuot xizmati matlum qilishicha, hozircha dunyoning hech bir zarbxonasi bunday natijaga erisha olmaydi.






