Turkmaniston prezidenti O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O`zbekistonga bepul o`tkazish bo`yicha farmon imzoladi.
Bu haqdagi xabar mamlakat hukumati portalida e`lon qilindi.
Farmon bilan "Turkmangaz" davlat konserniga tegishli hajmdagi suyultirilgan gazni O`zbekistonga o`tkazish topshirilgan. Biroq aynan qancha hajmda gaz o`tkazilishi haqida ma`lumot berilmagan.






