Bugun, 4 fevral kuni soat 1:53 da A-373 avtomobil yo`lining 227 kilometrida “Toshkent - Vodiy” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan “Mersedes-Benz” rusumli yuk mashinasida yong`in yuzaga kelganligi to`g`risida “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasiga xabar tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zudlik bilan voqea joyiga Boshqarma boshlig`i H.Bobonov boshchiligida yong`in-qutqaruv ekipajlari etib borib, yong`in soat 2:28 da to`liq bartaraf etilgan. Avtomashina yuk xonasida bo`lgan mahsulotlarning asosiy qismi va haydovchining hayoti yong`indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lgannlar yo`q.






