Turkiyaning Istanbul shahrida yo`lovchi avtobusi bekatda turgan odamlarning ustiga bostirib bordi. Bu haqda “Day.az” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 2 fevral kuni sodir bo`lgan. Oqibatda 1 kishi halok bo`lgan va yana besh kishi jarohat olgan. Baxtsiz hodisa qurboni Ozarbayjon fuqarosi ekani aytilmoqda.
"Joyiga kelgan tez tibbiy yordam brigadalari jabrlanganlarni eng yaqin kasalxonaga otkazano. Jabrlanganlardan biri og`ir ahvolda" deyiladi xabarda.
Polisiya avtobus haydovchisini hibsga olgan. Baxtsiz hodisa sababi hozircha aniq ochiqlanmagan.






