AsosiyDunyo

Fransiyada fuqaro xatolik sabab lotereyadan 17 million evro yutib oldi

'Fransiyada fuqaro xatolik sabab lotereyadan 17 million evro yutib oldi'ning rasmi

Fransiya fuqarosi elektron chiptalar o`ynaladigan kunni tanlashda xatoga yo`l qo`yib, lotereyadan 17 million evro yutib oldi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda

Fransiya qimor o`yinlarini tartibga soluvchi "Francaise des jeux" payshanba kuni e`lon qilgan xabariga ko`ra, bu yanvar oyida sodir bo`lgan. 

Ta`kidlanishicha, onlayn o`ynagan ishtirokchi maqsadli ravishda “13 juma kuni o`z omadini sinab ko`rgan, biroq tasodifan sana tanlashda xatoga yo`l qo`ygan va 14 yanvar bilan yakunlangan”.

Endilikda ismini oshkor qilishni istamagan 40 yoshli fransuz fuqarosi ishini tashlab, biznes boshlash, uy sotib olish va sayohat qilishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, g`olib “supermarketdan go`sht sotib olishni to`xtatib, uni to`g`ridan-to`g`ri qassobdan sotib olishni” rejalashtirmoqda.

2021 yil oktyabr oyida Fransuz Polineziyasida yashovchi ayol EuroMillions lotereyasida 220 million evro yutib olgandi. Bu o`yin tarixidagi eng katta jekpot.

    Boshqa yangiliklar