AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Kaspiy hududlaridan nam havo kirib kelmoqda. Dam olish kunlari qaerlarda yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonga Kaspiy hududlaridan nam havo kirib kelmoqda. Dam olish kunlari qaerlarda yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 

Respublika hududi bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Janubi-g`arbiy va janubiy hududlarda - kun davomida, markaziy hudadlarda esa – kunning ikkinchi yarmida, Farg`ona vodiysi viloyatlarida - kechga tomon yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Respublika shimolida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Ertaga respublika hududi bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.

Yakshanba kuni hududning katta qismida yomg`ir yog`ishi to`xtaydi, faqat kechasi va ertalab markaziy va sharqiy hududlarda biroz yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 0-5o iliq, ba`zi joylarda 2o sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10o iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtda bugun kechga tomon va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Yakshanba kuni asosan yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab biroz yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Harorat asosan kechasi 0-3o iliq, kunduzi 7-10o iliq bo`ladi. 3-5 fevral kunlari tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

 

    Boshqa yangiliklar