AQShning birinchi xonimi Jill Bayden 5 fevral kuni bo`lib o`tadigan nufuzli Gremmi marosimida boshlovchilik qiladi. Bu haqda musiqiy tadbir saytida xabar berildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
Mezbonlar orasida Gremmi g`oliblari va nomzodlari ham bor edi: Cardi B, Billi Kristal, Shaniya Tven, Oliviya Rodrigo, Viola Devis, Dueyn Jonson, Jeyms Korden. Biroq bosh boshlovchining roli AQSh prezidentining rafiqasiga emas, balki janubiy afrikalik aktyor Treor Nuhga yuklanadi.
Marosimda 2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 30 sentyabrgacha bo`lgan davrning eng yaxshi kompozisiyalari va ijrochilari aniqlanadi.






