"O`zgidromet" 3 fevral kuni respublika bo`ylab kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Farg`ona vodiysi viloyatlari bo`yicha kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, ba`zi joylarda 12-14° iliqgacha bo`ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






