2023 yilning 2 fevral kunidan 369/370-sonli “Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo`nalishida xalqaro poezd o`z harakatini boshladi.
Ushbu yo`nalish qatnovi 2020 yilda pandemiya sababli to`xtatilgan edi. Bugungi kunga kelib yo`lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda ushbu yo`nalish qaytadan tiklandi.
Poezd tarkibi 11 ta vagondan iborat bo`lib, 3 ta kupe, 7 ta plaskart va 1 ta restoran vagondan iborat.
“Novosibirsk-Toshkent”yo`nalishida harakatlanadigan 370-sonli yo`lovchi poezdi 2023 yilning
Fevral oyida 5, 13, 21-kunlari
Mart oyida 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari
Aprel oyida 3, 7, 11, 15-kunlari
May oyida 9, 17-kunlari
Iyun oyida 3, 7, 15, 23-kunlari
Iyul oyida 1, 9, 17, 25-kunlari
Avgust oyida 3, 11, 19, 27-kunlari
Sentabr oyida 5, 9, 29-kunlari
Oktabr oyida 15, 27, 31-kunlari
Noyabr oyida 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari
Dekabr oyida 3, 7-kunlari qatnovini amalga oshiradi.
Mazkur yo`nalishga chiptalarni yo`lovchilar nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda chipta.railway.uz saytidan xarid qilishlari mumkin






