Jurnalistlar o`rtasida har yili an`anaviy o`tkazib kelinayotgan "Oltin qalam" milliy mukofotining bosh sovriniga 2023 yildan boshlab avtomobil qo`yiladi.
Bu haqda huquqiyaxborot telegram kanali ma`lum qildi.
Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida belgilanganidek, 2023 yildan boshlab «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindorlari qo`yidagicha taqdirlanadi:
— bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;
— 1-o`rin uchun – BHMning 200 baravari (60 mln so`m) miqdorida;
— 2-o`rin uchun – BHMning 175 baravari (52,5 mln so`m) miqdorida;
— 3-o`rin uchun – BHMning 150 baravari (45 mln so`m) miqdorida;
—12 ta rag`batlantiruvchi nominasiyaning har biri uchun – BHMning 100 baravari (30 mln so`m) miqdorida.






