AsosiyJamiyat

Yanvar oyida dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi 65 foizga oshdi - JSST

'Yanvar oyida dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi 65 foizga oshdi - JSST'ning rasmi

So`nggi oylarda Er yuzida COVID-19 pandemiyasining oqibatlari yana keng ko`lam kasb eta boshladi. Xususan, shu yilning 2-29  yanvar kunlari oralig`ida dunyo bo`yicha qariyb 20 million nafar kishiga koronavirus tashxisi qo`yildi.  Achinarli jihati, aniqlangan bemorlarning 114 ming nafardan ortig`i xastalik oqibatida hayotdan ko`z yumdi.  Bu haqda  Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

JSSTning navbatdagi hisobotiga ko`ra, garchi kasallanish ko`rsatkichlari dekabr oyiga qaraganda 78 foizga kamaygan bo`lsa-da, o`lim holatlari 65 foizga oshgani tashvishlanarli.

So`nggi to`rt hafta ichida eng ko`p bemorlar quyidagi mamlakatlarda qayd etildi:  

  • Xitoy — 11,4 million,  
  •  Yaponiya — 3,2 million,  
  • AQSh — 1,5 million,  
  • Janubiy Koreya — 1 million.
  • Braziliya — 460 ming.

Eng ko`p o`lim holatlari ro`yxatga olingan davlatlar:

  •  Xitoy — 62 759,
  •  AQSh — 14 625,  
  •  Yaponiya — 10 122,  
  •  Buyuk Britaniya — 3 137,
  •  Braziliya — 2 889.

️Shundan kelib chiqib, JSST aholiga to`liq bosqichda va buster dozada emlanishni tavsiya etmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar