AsosiyJamiyat

Toshkentda soxta “SES xodimlari” paydo bo`ldi

'Toshkentda soxta “SES xodimlari” paydo bo`ldi'ning rasmi

Poytaxtning Mirobod tumani "Movarounnahr" mahallasi aholisiga o`zlarini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasining tuman bo`limi xodimimiz (SES) deya tanishtirib, turli hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan shaxslar paydo bo`lgani aytilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to`g`risidagi qonunining  34-moddasida dezinfeksiya tadbirlari quyidagi holatlarda o`tkaziladi:

  • Dezinfeksiya tadbirlari yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo`lishi va tarqalishining oldini olish, ularning doirasini kamaytirish hamda ularni bartaraf etish maqsadida olib borilishi ko`rsatib o`tilgan. Unga ko`ra:
  •  Epidemik ko`rsatkichlar bo`yicha dezinfeksiya tadbirlari-davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan;
  •  Profilaktik dezinfeksiya tadbirlari-yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida dezinfeksiya stansiyalari tomonidan o`tkazilishi belgilab berilgan.

 

Qayd etilishicha, o`zlarini “SES xodimlari” deya tanishtirayotgan firibgarlar kelib chiqishi noma`lum dorilarni sotmoqda.

Fuqarolardan shunday soxta “SES xodimlari” ni uchratganda, avvalo, zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan fuqarolardan:

  •  xizmat guvohnomasi;
  •   qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi;
  •  zararsizlantiruvchi vosita sotishi va sotib olishingizga asos so`rashga haqli ekanliklarini eslatmoqda. 

 

Shunday vaziyatda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasining 78 8880101 (050) Ishonch telefoni, Toshkent shahar boshqarmasining 71 248-12-43 telefon raqami yoki Toshkent shahar IIB va hududiy bo`limlariga zudlik bilan xabar berishi so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar