Hozirda Prezident Shavkat Mirziyoev Farg`ona viloyatining Qo`shtepa tumanida respublika paxta-to`qimachilik klasterlari rahbarlari bilan muloqot qilmoqda.
Davlat rahbari so`zining avvalida madaniyat va san`at sohasiga to`xtalib o`tdi.
“Islom diniga katta hissa qo`shgan Burhoniddin Marg`iloniy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil qilmoqchimiz. Juda ko`p yoshlarimiz tomonidan ko`plab tadqiqotlar olib borilyapti. Yoshlarimizga, xalqimizga tariximizni chuqurroq o`rgatish uchun ajdodlarimizning qilgan ishlarini o`rganishimiz zarur. Men o`ylayman, bunday markaz bugungi zamonda juda muhim ahamiyatga ega bo`ladi”, — deydi prezident.






