AsosiyJamiyat

⚡️Shimoliy So`x erosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin

'⚡️Shimoliy So`x erosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin'ning rasmi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev kecha, 1 fevral kuni Andijon shahrida o`tgan yig`ilishda ma`lum qildi, deya yozmoqda O`zA.

"Afsuski o`z vaqtida So`xdagi erosti gaz saqlash inshooti ayrim sabablar bilan yopib qo`yilgan edi. Qirg`izistondagi davlat tashrifi chog`ida Sadir Japarov bilan bu masalada ham kelishib oldik. Yaqinda energetika vazirimiz Qirg`izistonga borib, texnik tomonlarini kelishib keladi", — dedi Prezident.

Shuningdek, Energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov ham ma`lumot berdi. 

"Shimoliy So`x erosti gaz saqlash inshootining hajmi taxminan 2,5-3 mlrd kub metr atrofida. Shundan 1,3 mlrd kub metr gazdan foydalanish mumkin, qolgani bufer zonada turadi. Bu degani qish mavsumida vodiyni har kuni 13 mln kub metr gaz bilan ta`minlash imkoniyatimiz bo`ladi.

Mazkur inshootning asosiy gaz saqlash qismi Qirg`iziston hududida joylashgan, kompressorlar esa O`zbekiston hududida. Shu sababli inshootdan umumiy foydalanish borasida muzokaralar olib boriladi. Eng avvalo ishchi guruh barcha texnik va iqtisodiy tomonlarini batafsil o`rganib chiqadi. Chunki inshootdan ancha yillardan buyon foydalanilmagan, hozirgi holatini yaxshilab o`rganib chiqishimiz kerak. Shundan so`ng shartlar kelishib olinadi. Balki bu ijara huquqi asosida bo`lar, lekin hozircha biror fikr aytishga erta", — dedi energetika vaziri.

    Boshqa yangiliklar