AsosiyJamiyat

Vodiyda qariyib 0.8 GV quvvatga ega yangi tok generasiyalari quriladi

'Vodiyda qariyib 0.8 GV quvvatga ega yangi tok generasiyalari quriladi'ning rasmi

Vodiy viloyatlarida elektr ta`minoti barqarorligini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlari e`lon qilindi.

Birinchidan, bu yil Pop va Farg`ona tumanlarida 600 Megavattli 2 ta quyosh stansiyasi quriladi.
Ikkinchidan, vodiy viloyatlarida 160 Megavattli quyosh panellari va 100 ta mikro GESlar quriladi. Bu ishlarni joylarda to`g`ri tashkil etish uchun viloyat hokimlarining 1-o`rinbosarlari mas`ul bo`ladi va hamma ishlardan ozod qilinadi. Ularga respublika bank rahbarlari biriktiriladi.
Uchinchidan, ijtimoiy soha ob`ektlarida “quyosh energiyasi”dan foydalanish uchun alohida kompaniya tashkil etiladi. Unga 200 million dollar mablag` beriladi.
Kompaniya quyosh panellari va suv isitish qurilmalarini o`zi o`rnatadi va “yashil energiya”ni byudjet korxonasiga sotadi.
To`rtinchidan, yirik korxonalarda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari o`rnatiladi.
Sanoat korxonalarida quyosh panellari o`rnatish va kichik stansiyalar qurish uchun xalqaro moliya tashkilotlaridan 2 milliard dollar jalb qilish choralari ko`riladi.
Beshinchidan, endilikda aholiga quyosh energiyasidan foydalanish uchun jozibador tizim yaratiladi.
Vodiydan boshlab, xonadonlarda ishlab chiqarilgan va tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt soat elektr energiyasi uchun 1 ming so`mdan hisob-kitob qilinadi (hozir 295 so`m).

    Boshqa yangiliklar