AsosiyJamiyat

Prezidenning Andijonga tashrifi Bo`ston tumanidan boshlandi

'Prezidenning  Andijonga tashrifi Bo`ston tumanidan boshlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Andijon viloyatiga tashrifi Bo`ston tumanidan boshlandi. Bu haqda O`z A xabar bermoqda.

U erda yaqinda "Sayyora favvorasi" MChJ tomonidan umumiy qiymati 113 mlrd so`mlik to`qimachilik korxonasi ishga tushirilgan edi.

Ushbu loyiha doirasida bino barpo etilib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o`rnatildi. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 turdan ortiq, yiliga 1 mln 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.

Korxonaning "Elegance SM" brendi ostidagi sifatli, bejirim mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo`naltirilgan. Korxonada mingga yaqin mahalliy aholi ish bilan ta`minlandi. Yillik eksport hajmi 4 mln dollar bo`lishi rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar