AsosiyDunyo

Bayden Polshaga kelib, Zelenskiy bilan uchrashmoqchi

'Bayden Polshaga kelib, Zelenskiy bilan uchrashmoqchi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden Polshaga kelishi kutilmoqda. U Vladimir Zelenskiy va  Anjey Duda bilan uchrashuv o`tkazishi mumkin. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Uchrashuv Varshava yoki Rzeshovda bo`lishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda Zelenskiy tinchlik rejasini taqdim etadi va “Ukrainaga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`tkazishga chaqiradi”, deb yozadi nashr Kievdagi diplomatik manbaga tayanib.

Ma`lum qilinishicha, reja 10 banddan iborat bo`lishi va 2014 yil martida Qrim anneksiya qilinishigacha bo`lgan chegaralar doirasida Ukrainaning hududiy yaxlitligini tan olishni nazarda tutishi kerak.

Shuningdek, rejada harbiy tribunal yaratish va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi ham bor.

    Boshqa yangiliklar