Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida ba`zida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi, ba`zi joylarda 12-14° iliqgacha bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-11° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.
01.02.2023 08:20
Bugun 3 ta viloyatda kuchli yomg`ir yog`adi - "O`zgidromet"






