Bugun Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksi 2022 yil natijalari e`lon qilindi.
180 ta davlat orasida O`zbekiston 31 ball bilan 126-o`rinni egalladi. Ahamiyatlisi mamlakatimiz ballarini 3 taga oshirib, o`rnini 14 pog`onaga yaxshilashga (2021 yilda 140 o`rin) muvaffaq bo`ldi.
Ma`lumot uchun: Korrupsiyani qabul qilish indeksi 1995 yildan buyon e`lon qilinib keligandigan davlat tizimida korrupsiyani qabul qilinish darajasini aks etuvchi hamda ekspertlar va ishbilarmonlar so`rovi asosida shakllanuvchi 13 ta manbalardan tashkil topgan har yillik indeks hisoblanadi. O`zbekiston mazkur manbalarning 7 tasi bo`yicha baholanadi.
Bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko`rsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi.
Mamlakatimiz mazkur indeksda so`nggi 6 yil davomida o`sish suratlarini qayd etayotgan (2017 yilda 22 balldan 2022 yilda 31 ballgacha) davlat sifatida Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasining aksilkorrupsiya islohotlarini tizimli ravishda amalga oshirayotgan davlatlar qatorida qayd etildi.






