AsosiyJamiyat

O`zbekiston maktablarida ayrim fanlar bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

'O`zbekiston maktablarida ayrim fanlar bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston maktablarida yangi o`quv yilidan boshlab 6 ta fan o`tilmasligi haqida  xabarlar tarqaldi.  Ularda jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlang`ich harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy san`at va chizmachilik, texnologiya, tarbiya fanlari o`tilmasligi haqida aytilgan edi.

 Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi ushbu xabarlarni rad etdi.

“Tarqalayotgan xabarlar 2020 yil karantin davrida chiqqan eski xabarlar bo`lib, bu choralar pandemiya davrida o`quvchilarning sog`lig`ini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash va ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida joriy etilgan. Ayni damda ushbu ma`lumotlar mutlaqo asossiz ekanligini ma`lum qilamiz”,  — deyiladi vazirlik bayonotida.

    Boshqa yangiliklar