AsosiyJamiyat

Endi paxta sug`orish uchun ishlatilgan elektr xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi

'Endi paxta sug`orish uchun ishlatilgan elektr xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi'ning rasmi

Prezidentning “Paxta xomashyosi etishtiruvchilar faoliyatini yanada qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ–23-son qarori imzoland.

Unga ko`ra:

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-to`qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning ta`sischilarini yig`ilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan bo`ladigan munosabatlariga ta`sir o`tkazish qat`iyan man etiladi;
  • paxta-to`qimachilik klasterlariga to`rt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qo`shimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.
  • 2023 yil hosilidan har yili 1 oktyabrgacha paxta-to`qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo`jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta etishtirish bo`yicha fyuchers shartnomalari tuziladi (2023 yil hosili uchun 2023 yil 1 fevralga qadar). 

Shuningdek, 2023 yildan:

  • xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan er tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi;
  • paxta etishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug`orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

2025 yil 1 yanvargacha import qilinadigan ayrim mineral o`g`itlarga bojxona bojining “nol” stavkasi qo`llaniladi.

    Boshqa yangiliklar