AsosiyDunyo

Pandemiyani tugatishga nima to`sqinlik qilayotgani aytildi

'Pandemiyani tugatishga nima to`sqinlik qilayotgani aytildi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining navbatdagi yig`ilishida COVID-19 pandemiyasini tugatish masalasi muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, avvalroq JSST tomonidan koronavirus bo`yicha e`lon qilingan favqulodda holat 2023 yilda yakunlanishiga umid bildirilgandi. Ammo prognozlar o`zini oqlamadi.  

Xitoyda keskin karantin cheklovlari olib tashlangach, kasallanish va o`lim ko`rsatkichlari soni kutilmaganda keskin o`sa boshladi. Xususan, 2022 yil dekabr oyi boshidan joriy yil yanvar oyi o`rtalarigacha bu erda COVID-19 tashxisi qo`yilgan 60 ming nafar bemor hayotdan ko`z yumdi.  

Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesusning ma`lum qilishicha, bu dunyodagi epidemiologik vaziyatga o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Jumladan, so`nggi sakkiz haftada jahon bo`yicha koronavirus tufayli 170 ming kishi vafot etgan va ushbu raqamlar xavotirlanish uchun asosli.

“Hozir pandemiya e`lon qilingan dastlabki davrlarga nisbatan yaxshiroq vaziyatdamiz. Ammo hali global xatar chekingani yo`q, — deydi JSST rahbari. — Chunki dunyo aholisi etarli darajada emlanmagan”.

    Boshqa yangiliklar