Bugun, 30 yanvar kuni Andijon shahridagi ko`p qavatli uylarning birida gaz portladi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:55 larda Andijon shahridagi 1-kichik dahada joylashgan 4 qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuz bergan. Chaqnash oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan shahar FVB xodimlari va 1 ta yong`in-qutqaruv ekipaji, prokuratura, IIB, SSB hamda “Hududgazta`minoti” xodimlari etib borgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Qoraqalpog`istonda ham ko`p qavatli uy portlagani, 5 nafar fuqaro vafot etgani hamda bitta bola qutqarib olingani haqida xabar bergan edik.






