AsosiyJamiyat

Toshkentda noqonuniy valyuta ayirboshlayotganlar qo`lga tushdi

'Toshkentda noqonuniy valyuta ayirboshlayotganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan.

Ma`lum bo`lishicha, Bektemir tumani hududida valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan M.Sh. jami 10 000 AQSh dollarini fuqaro M.A.ga 114 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan E.Yu. fuqaro T.B.ga jami 4 100 AQSh dollarini 46,6 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar