Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt avtomashinasini boshqargan haydovchi yo`lning qatnov qismida "drift" qilib yo`lning qarama-qarshi qismida harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ushbu holat bo`yicha viloyat IIB munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, qonunbuzar haydovchi Qarshi shahrining markaziy ko`chalarida qarama- qarshi yo`nalishda harakatlanishi bilan birga xavfli harakatlarni ham amalga oshirgan. U bu harakatlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Aniqlanishicha, haydovchi shu orqali mashhurlikka erishmoqchi bo`lgan.
"Drift" qilib, og`aynilarim bilan birga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga qo`ygandik. Bunday ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketishini bilmagandik, afsusdaman'', - deydi haydovchi.
Mazkur holat viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o`rganilib, avtomobil haydovchisiga nisbatan MJtKning 128- moddasi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






