Bristol universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari italiyalik hamkasblari bilan birgalikda “qarishga qarshi” genni aniqlashdi.
Ma`lumki, 100 yil va undan ko`proq yashagan odamlar yurak-qon tomir kasalliklariga boshqalarga qaraganda kamroq moyil bo`ladi. Olimlar uzoq umr ko`rish nafaqat to`g`ri turmush tarzi, balki irsiy moyillik bilan ham bog`liq degan xulosaga kelishdi.
Ilmiy ish mualliflari yurakni sog`lom holatda saqlashga yordam beruvchi LAV-BPIFB4 genini aniqlashdi. Keksa sichqonlar emlanganida, ularning yuraklari xuddi o`rta yoshli kemiruvchilarniki kabi ishlay boshladi. Olimlarning ta`kidlashicha, odamlarda bu gen yurakni 10 yilga yoshartirishi mumkin.
Tadqiqot uch yil davom etdi. Shuningdek, inson hujayralari ustida ham tadqiqotlar o`tkazildi. Keksa yurak kasalliklaridan olingan yurak hujayralari namunalari gen ta`sir qilganini va haqiqiy yoshartirish jarayoni boshlanini ko`rsatdi. Perisitlar (yangi qon tomirlarining o`sishiga yordam beruvchi hujayralar) qarish tufayli yo`qolgan funksiyalarini yana bajara boshladi.
Hozirda olimlar oqsilning odamlarga ta`sirini tekshirish uchun klinik sinovlarga tayyorgarlik ko`rmoqda.






