Toshkent shahar Mirobod tumani S.Azimov ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uydagi xonadonlarning birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga berdi
Ma`lum qilinishicha, hodisa bugun, 30 dekabr kuni soat 08:21 da ro`y bergan.
Ushbu hodisa oqibatida bir kishi jarohatlangan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari etib borgan. Qo`shimcha ma`lumotlar yaqin daqiqalarda taqdim etilishi ma`lum qilingan.






