AsosiyJamiyat

SSV aholiga “Dok-1 Maks”ni sotib olmaslik bo`yicha SMS yubormoqda

'SSV aholiga “Dok-1 Maks”ni sotib olmaslik bo`yicha SMS yubormoqda'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekiston aholisiga “Dok-1 Maks” dorisini sotib olmaslik bo`yicha SMS yuborishni boshladi. 

“Dok-1 Maks” preparatini sotib olmang. Farzandlaringiz salomatligini asrang”, —deyiladi xabarda.

Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi dorixonalarda “DOK-1 MAKS” dori vositalarining realizasiyasini to`xtatish, realizasiya qilingan qoldiq dori vositalarini dorixonalardan chaqirib olish ko`rsatmasini berdi.

Ushbu dori vositasi respublikadagi barcha dorixonalarning rastalaridan tezkorlik bilan yig`ib olingan.

“Agar biror bir tadbirkorlik sub`ektida mazkur “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalari qoldiq tarzida qolgan bo`lsa, sizdan bu haqida Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligining murojaatlar bo`limiga zudlik bilan xabar berishingizni so`raymiz”, — deyiladi agentlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar