Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l xududlarda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.
30.12.2022 08:24
Bugun 9 daraja issiq bo`lishi kutilmoqda






