Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 1991 yil boshida O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida shahar joylarda yashovchi aholining ulushi 40,3 foizni tashkil etgan.
2022 yil boshiga kelib, ushbu ko`rsatkich 50,9 foizni tashkil etgan hamda 1991 yilga nisbatan 10,6 foizga ko`paygan.
Yillar kesimida doimiy aholining shahar joylarda yashovchilari ulushi:
- 1991 yil – 40,3 %
- 2000 yil – 37,4 %
- 2010 yil – 51,5 %
- 2020 yil – 50,6 %
- 2022 yil – 50,9 %






