AsosiyJamiyat

Toshkentda 11 yoshli bolani poezd vagoni ustida tok urdi

'Toshkentda 11 yoshli bolani poezd vagoni ustida tok urdi'ning rasmi

Natijada, bola vagon ustidan erga tushib ketgan. Tananing 80 foizi kuygan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat 18 dekabr kuni soat 16:10 da sodir bo`lgan. 11 yoshli bola Nurhayot temir yo`l bekatidagi yuk vagonlarining ustiga chiqib, tok urishi oqibatida poezd ustidan erga yiqilib tushgan.

Qayd etilishcha, bola hodisa natijasida og`ir tan jarohati olgan. Bola erga yiqilib tushgach, temir yo`lchilar unga birinchi tez yordamni ko`rsatgan. Shundan so`ng Chilonzor tumanidagi 16-sonli shifoxonaga yotqizilgan.

"Markazimizga 18 dekabr kuni 11 yoshli o`smir olib kelingan. Bemorning ahvoli juda og`ir edi. . Hozirda uning ahvoli yaxshilangan va stabil holatda", - deydi kombustiologiya bo`limi mudiri Sobir Shukurov.

    Boshqa yangiliklar