Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi 2022 yilning so`ngida sohaga oid bo`lgan yil davomida amalga oshirgan ishlari haqida qisqacha sarhisobni taqdim etdi.
Jumladan, raqamlarga murojat qiladishan bo`lsak, Toshkent viloyati bojxona boshqarma faoliyati bugungi kunda qadar. 14 ta bo`lim, 4 ta guruh, 15 ta bojxona posti hamda 1 ta Masofaviy elektron deklarasiyalash bojxona postidan iborat.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash, ularga yanada ko`lay sharoitlar yaratish bojxona nazorati va rasmiylashtiruv vaqtini optimal darajada tejash hamda tirbandliklarni oldini olish maqsadida “Yallama” chegara bojxona postiga tutash hududda yangi zamonaviy bojxona terminali ishga tushirildi.
Bundan tashqari, ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyatining tashqi savdo aylanmasi 5,9 mlrd AQSh dollariga teng bo`lib, shulardan eksport – 2,1 mlrd., import – 3,7 mlrd. tashkil etdi.
Bundan tashqari, joriy yil boshqarmaning tezkor tuzulmalari tomonidan giyohvandlik vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi kurashishda tezkor tadbirlar natijasida yil davomida 400 kg.dan ziyod giyohvand vositalarining noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi.
Aholi salomatligi muhofazasini ta`minlash yo`lida viloyat bojxonachilar tomonidan 90 mingdan ziyod sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy aylanmasi oldi olindi.
Davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash yo`lida 12,1 mlrd naqd xorijiy valyutasi noqonuniy olib chiqishi to`xtatib qolindi.
Kasbga yo`naltirish maqsadida boshqarma tomonidan Nurafshon shahridagi 9-sonli umumta`lim maktabini otalik olib “Yosh bojxonachi” to`garagi tashkil etildi. Tugarak mashg`ulotlarda yuqori sinf o`quvchilari uchun bojxona xodimlari tomonidan kasbga yo`naltirilgan darslar o`tkazilmoqda.
Shuningdek, qayd etilishicha, gender tenglikka erishish strategiya yo`nalishida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida xizmat qilayotgan 60 nafar ayol xodimlardan joriy yil 10% bojxonachi ayollar yuqori lavozimlarga tayinlangan.






