Joriy yil 27 dekabr ertalabki soat 08:00 dan 28 dekabr 08:00 gacha Sog`liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi ma`lumotlar kelib tushdi..Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Sutka davomida tug`uruqlar soni:
jami 2 594 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
- 1 330 nafari o`g`il;
- 1 264 nafari qiz;
- 31 nafari egizak.
Eng ko`p tug`uruq qayd etilgan hududlar:
- Samarqand viloyati — 296 nafar
- Farg`ona viloyati — 283 nafar
- Qashqadaryo viloyati — 251 nafar
- Namangan viloyati — 227 nafar
- Andijon viloyati — 218 nafar.
“103” xizmati:
- 2 755 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko`rsatdi.
- “Tez yordam”ga 43 612 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng ko`p chaqiriqlar:
- Farg`ona viloyati — 5 322 ta
- Andijon viloyati — 4 585 ta
- Namangan viloyati — 4 462 ta
- Toshkent shahri — 4 295 ta
Yurtimiz bo`yicha “103” xizmati orqali shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni:
- kattalar — 2 434 nafar
- bolalar — 1033 nafar
Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va filiallariga 2 556 ta murojat kelib tushdi.
Gospitalizasiya qilingan bemorlar — 933 nafar






