Sog`liqni saqlash vaziri Behzod Musaev videomurojaat orqali "Dok-1 Maks" dori vositasini ichish natijasida dunyodan ko`z yumgan 18 nafar bolaning ota-onalari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda SSV xabar berdi.
"‘Dok-1 Maks’ dori vositasini me`yoridan ortiqcha iste`moli natjasida bu dunyodan 18 nafar jajji va go`dak farzandlarimiz ko`z yumdi. Ularning ota-onalariga SSV va barcha tibbiyot xodimlari nomidan ta`ziya bildiramiz. Bolalarning dori vositasidan vafot etgani haqidagi ma`lumotlar viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan vazirlikdan yashirilgan. Ushbu ma`lumotga ega bo`lishimiz bilan o`sha kunni o`zidayoq joyiga chiqib har bir holat o`rganildi. Hozirgi kunda dori vositasining respublikamizda ro`yxatdan o`tkazgan, uni mamlakatimizga olib kelgan va sotuvida ishtirok etgan bir qancha shaxslar hibsga olindi.
Ushbu holatga panja orasidan qaragan, o`z vazifasiga loqaydlik bilan befarq bo`lgan, kerakli choralarni o`z vaqtida ko`rmagan tibbiyot xodimlarining ma`sul shaxslari o`z vazifasidan ozod etildi. Ming afsuski ko`rilgan choralar bolajaonlarni hayotga qaytardmaydi, albatta. Farzand dog`idan kuygan ota-onalarning dardini engillashtirmaydi.
Ushbu ishga aloqador farmasevtika xodimi bo`ladimi, shifokor bo`ladimi hali hammasi javobgarlikka tortiladi. Yana bir bor ushbu vojea ortidan farzandlaridan ayrilgan ota-onalar va ularning yaqinlaridan uzur so`raymiz", — dedi sog`liqni saqlash vaziri.
Avvalroq SSV "Dok-1 Maks"dan vafot etgan bolalar ishi bo`yicha ma`lumot bergani haqida xabar berilgandi.






