AsosiyJamiyat

Toshkentda 1 mlrd. 398 mln.so`mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo`yildi

'Toshkentda 1 mlrd. 398 mln.so`mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo`yildi'ning rasmi

Respublikamiz bojxonachilar tomonidan tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda yurtimizga olib kirish va uning aylanuvini oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida navbatdagi tezkor tadbir amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Bektemir tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi yashash xonandonlardan biri belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, mazkur xonadonda qonuniy olib kirilganligi va bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan, shuningdek, raqamli markirovka kodlari bo`lmagan 4 ming 440 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi hamda daliliy ashyo sifatida olib qo`yildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, mazkur tamaki mahsulotlarining qiymati 84 mln. 360 ming so`mni tashkil etmoqda.

Raqamlarga murojat qilsak, joriy yilning o`tgan davri mobaynida boshqarma xodimlari tomonidan 14 ta holatda 1 mlrd. 398 mln.so`mlik 133 ming 40 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo`yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar